DAVLAT MULKINING TALON-TAROJ QILINISHI OLDI OLINDI
Joriy yilning 26 yanvar kuni soat 22:30 da Andijon viloyati “UzAuto Motors” AJda xizmat olib borayotgan Asaka tuman "Qoʻriqlash" boʻlimi xodimlari, obyekt hududiga Navoiy viloyati “UZ EROR ALTERNATOR” MCHJ korxonasiga tegishli boʻlgan HOWO A6 rusumli avtotransport toʻxtatilib tekshirilganda, yukxona muhri buzilganligi aniqlangan.
Dastlabki oʻrganishlar jarayonida, avtotransport boshqaruvida boʻlgan B.R obyekt yaqinida toʻxtagan vaqtda “UZ EROR ALTERNATOR” MCHJ korxonasida sifat nazoratchi boʻlib ishlovchi S.M hech kimga bildirmasdan avtotransport yukxonasidagi muhrni buzib, umumiy qiymati 29 million 244 ming soʻmlik “Generator J200/T250” rusumli detaldan 8 dona, Kompressor-ASM-A/C J200/T250 rusumli detaldan 13 dona noqonuniy ravishda tushirib qolganligi aniqlangan.
Hozirda Asaka tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv amalga oshirilmoqda.