Yangiliklar

15 May 2024

YOʻL QOIDASI — UMR FOYDASI

Hozirgi kunda avtomashinalarsiz hayotimizni tasavvur etib boʻlmaydi.
Mamlakatimizda ham yildan-yilga avtotransport vositalari soni ortib borishi esa har bir kishidan sergaklikni talab etadi.

Milliy gvardiya Buxoro viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari bilan "Haydovchi, tezlikni oshirma, tezlik – umr zavoli", "YHX qoidalariga amal qiling! Yoʻl xatoni kechirmaydi!" mavzularida Buxoro viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi masʼullari ishtirokida profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida masʼullar tomonidan YHX qoidalariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, yoʻl-transport hodisalariga olib kelayotgan sabablar va ularning ayanchli oqibatlari, shuningdek, piyodalar yoʻlakchasidan oʻtishda tezlik meʼyorlari boʻyicha tegishli tushuntirishlar berib oʻtildi.