YOSHLARNING AMALIY KO‘NIKMALARI BOYITILDI
Kutilmagan, turli favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartibini yigit-qizlarga chuqurroq o‘rgatish maqsadida treninglar tashkil etilib, ertamiz egalarining bu boradagi ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ushbu jarayon sodir bo‘lganda harakat qilish tartibi, shuningdek, respublikada ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari bilan birgalikda turli davlatlardagi maktablarda ro‘y berayotgan qurolli to‘qnashuvlar, o‘quvchilar bilan sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalarning barvaqt oldini olish maqsadida kuni kecha Andijon viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari uchun seminar o‘tkazildi.
Soha xodimlari tomonidan o‘quvchi yoshlarga favqulodda holatlar to‘g‘risidagi qonun mazmun-mohiyati yetkazilib, holat rejimini ta’minlovchi kuch vositalar to‘g‘risida xam ma’lumotlar berilib, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen holatlar bo‘yicha amaliy ko‘rgazmali mashg‘ulotlar xam ko‘rsatib berildi.