Yangiliklar

3 Iyul 2024

TARIXNI ANGLASH MUZEYLARDAN BOSHLANADI

Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibining maʼnaviy-maʼrifiy salohiyati, siyosiy ongi, maʼnaviy qiyofasini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, gʻurur, iftixor, kasbiga nisbatan sadoqat va yuqori masʼuliyat hislarini mustahkamlash maqsadida Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tashil etilgan muzeyga sayohat tashkil qilindi.
U yerda soha xodimlariga tegishli xizmat faoliyati, nodir eksponatlar, xodimlarning vatan oldida jasorati, qadimiy va zamonaviy qurol-aslahalar, yodgorliklar hamda sohaga oid rasmlar toʻplamlari bilan yaqindan tanishdilar.
Sayohat davomida xodimlar oʻzlarining kelgusi xizmat faoliyati davomida foydalanish uchun zarur va qimmatli maʼlumotlarni olish bilan birga, ushbu sayohat ularning yanada dunyoqarashi kengayishi, maʼnaviyati yuksalishi uchun muhim asos boʻlib xizmat qildi.