Yangiliklar

1 May 2024

QON BER – HAYOT INʼOM ET

Bilamizki, turli kasalliklar tufayli organizmda qon aylanishi va tarkibining buzilishi, qon kamayishi, trombozlar kuzatiladi. Bu salbiy holatlarning oldini olishning samarali yoʻllaridan biri donor boʻlishdir. Shu sababli mamlakatimizda begʻaraz donorlikni keng targʻib qilish, yoshlar salomatligini mustahkamlash hamda ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari “Men donorman” aksiyasida faol ishtirok etishdi. Xodimlar tomonidan topshirilayotgan qon preparatlari qaysidir yurtdoshimizning ogʻirini yengil qilib, dardiga shifo topishiga yordam beradi, albatta. Harbiy xizmatchi va xodimlar tomonidan ixtiyoriy ravishda topshirilayotgan donorlik qon preparatlari respublika onkologiya, gematologiya hamda boshqa tibbiyot markazlarida davolanayotgan jajji bolajonlar va qon kerak boʻlgan har bir yurtdoshimiz uchun begʻaraz beriladi. Ezgulikning yorqin namunasi boʻlgan bu kabi tadbirlar bemorlar dardiga shifo berishi, ularni sogʻlom hayotga qaytarishda muhim ahamiyat kasb etadi.