Xodimlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda
Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin doʻst va bebaho boylik hisoblanadi. Millatning maʼnaviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qoʻshgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarining sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois xodimlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, kuni kecha Ahmad Fargʻoniy nomidagi axborot-kutubxona markazida Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari hamda qator hamkor tashkilotlar ishtirokida "Kitob mutolaasi" tadbirlari doirasida uchrashuv hamda shoira Nargizxon Ortiqovaning “Nursiniqlar” nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda yoshlarning kitob oʻqishiga boʻlgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan doʻst boʻlishiga, xodimlarning kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.