Yangiliklar

30 Oktyabr 2025

Xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish masʼuliyati oshirildi

Surxondaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi Denov tumani Qoʻriqlash boʻlimida xizmat intizomini mustahkamlash, korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish va xodimlar oʻrtasida shukronalik hissini yanada oshirishga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda xizmat intizomiga qatʼiy amal qilish, fuqarolar mulkini himoya qilishda yuqori masʼuliyat bilan ish tutish har bir xodim uchun asosiy burch ekanligi taʼkidlandi. Shuningdek, korrupsiya jinoyatining oldini olish, xizmat jarayonida qonun ustuvorligini taʼminlash va fuqarolar ishonchini oqlash boʻyicha aniq vazifalar belgilandi. Masʼul ofitserlarga xodimlar bilan yakka tartibdagi tarbiyaviy suhbatlarni olib borish, ularning yashash xonadoniga borgan holda oilaviy ahvolini oʻrganish, mavjud muammolarini hal etish yuzasidan vazifalar yuklatildi.

Boʻlinmalarda xizmat intizomini mustahkamlash, ichki nazoratni kuchaytirish, qoʻriqlash obyektlarida javobgarlikni oshirish hamda fuqarolar bilan muloqot madaniyatiga eʼtibor qaratish boʻyicha tavsiyalar berildi.