Maktablarga kirish uchun begonalarga yoʻl yoʻq
Joriy yilning 5 mart kuni Guliston shahrida joylashgan 8-sonli maktabda yangi tizimda xizmat olib borayotgan qorovul xodimi yuklatilgan vazifani bajarish vaqtida, soat 15:30лар atrofida xatti-harakatida shubha uygʻotgan Milliy gvardiya kiyimida kelgan shaxsni kirish joyida toʻxtatganda, u soxta guvohnomani koʻrsatib, maktabga kirishi kerakligini aytadi. Maktab maʼmuriyati ham ushbu shaxsni muqaddam uchratmaganliklari va u maktabga biriktirilmaganligi haqida maʼlumot berishgan.
Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushbu shaxs ogohlantirilib, undan qalbaki guvohnomani topshirilishi soʻralganda, u xodimlarga qoʻpol munosabatda boʻlib, xatosini tan olmasdan faol qarshilik koʻrsatishga uringan. Shunday boʻlsada uning bu kabi nojoʻya harakatlarining salbiy oqibatlari qayta tushuntirilgan holda tinchlantirilgan.
Olib borilgan tekshiruvlar davomida ushbu shaxs, Guliston shahrida joylashgan 16-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi U.X. ekanligi maʼlum boʻlgan.
Hozirda fuqaro U.X. dan Milliy gvardiya xizmat kiyimi va soxta guvohnomasi olib qoʻyilib, uning nima maqsadda forma kiyib maktabga kirmoqchi boʻlganligi va buning asl sabablarini aniqlash yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.