Oʻtganlarni xotirlash — xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan xizmat vazifasini bajarish chohida halok boʻlgan hamda xizmat vaqtida olgan tan jarohati sababli nafaqaga chiqqan xodimlarning oila aʼzolari holidan xabar olinib, birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari hamda va Milliy gvardiya qoʻmondonining tegishli buyruqlari bilan ajratilgan pul mablagʻlari topshirildi.
Bundan tashqari, tashriflar davomida xodimlar va ularning oila aʼzolarining muammolarini aniqlash, yakka tartibda ishlash orqali ularning hayot tarzini yaxshilash hamda ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, aniqlangan muammolarni kompleks va manzilli hal qilish, salomatliklarini tiklashlariga koʻmaklashish boʻyicha mutasaddilarga vazifalar belgilandi.
Tashriflar yakunida Vatanimiz tinchligi va farovonligi yoʻlida xizmat qilgan xodimlarning farzandlariga, ota-onalariga juda katta minnatdorchilik bildirishdi. Halok boʻlgan xodimlarning xotirasi yana bir bor yodga olindi, shu bilan birga xizmat vaqtidagi xotiralar xotirlandi.