MUZEYGA SAYOHAT - MOZIYGA SAYOHATDIR
Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlarini oʻz tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni asrab avaylash tuygʻularini shakllantirish maqsadida, kuni kecha Samarqand tarixi muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida mutasaddilar tomonidan xodimlarga muzey tarixi va qadimiy milliyligimizga oid tarixiy yodgorliklar tanishtirilib, ushbu mavjud eksponatlar yuzasidan tushunchalar berildi. Bir olam taassurotlar bilan muzeyda saqlanayotgan madaniy yodgorliklar bilan tanishgan xodimlar tarixning jonli koʻzgusiga guvoh boʻlishdi.