Yangiliklar

25 Iyul 2025

Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasining 6 oylik ish faoliyati sarhisob qilindi

Xizmatda erishilayotgan yutuqlar hamda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar, amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobini yuritish xizmat olib borishni yangi bosqichga olib chiqadi, albatta.

Shu munosabat bilan, Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati ishtirokida oʻtgan 6 oylik ish natijalari yuzasida hisobot yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda xar bir shahar va tuman Qoʻriqlash boʻlimlarining mazkur davr mobaynida barcha yoʻnalishlarda amalga oshirgan ishlari, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklari, erishgan yutuqlar xususida batafsil toʻxtalib oʻtildi.

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan qabul qilinayotgan buyruq hamda koʻrsatmalar ijrosi doimo nazoratda ekanligi yigʻilish ishtirokchilariga toʻliq yetkazildi. Yigʻilish yakunida kelgusida xizmatimiz rivoji uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan istiqbolli rejalar muhokama qilib olindi.