BOSHQARMADA YARIM YIL SARHISOBI VA ISTIQBOLDAGI REJALAR MUHOKAMA QILINDI
Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida, boshqarma sohaviy xizmatlar boshliqlari hamda shahar-tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlari masʼul xodimlari ishtirokida oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar va yil yakuniga qadar qilinishi lozim boʻlgan asosiy vazifalar yuzasidan hisobot yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilish davomida xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish va xizmatni toʻgʻri tashkillashtirish, shaxsiy tarkib bilan olib borilayotgan ishlarni samaradorligini oshirish borasida barcha boʻgʻin rahbar xodimlariga aniq vazifalar belgilab berildi.
Shu bilan birga, soʻzga chiqqanlar tomonidan shahar-tuman kesimida qoʻriqlash faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish, fuqaro xonadonlari hamda xalq xoʻjaligi obyektlarini qoʻriqqa olish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi ishlari koʻrib chiqilib, shahar-tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlariga 2024 yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar belgilab berildi.