Xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish – xodimlarning asosiy mezonidir
Shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, qonun buzilishi holatlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, turli xildagi koʻngilsiz holatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida hududlarda profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, kuni kecha Jizzax, Buxoro, Xorazm, Andijon va Surxondaryo viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalari xodimlari ishtirokida ham bu kabi tadbirlar oʻtkazildi. Uchrashuvlarda Harbiy prokuratura, FVB va IIB YXHB masʼullari ham ishtirok etib, harbiy intizom va huquq tartibotini mustahkamlash, shaxsiy tarkibni hayotini va sogʻligini asrash, qonun buzilishi holatlarini oldini olish har bir kishining vazifasi ekanligi taʼkidladi. Bundan tashqari shaxsiy va xizmat avtotransport vositalarini boshqarishda harakat xavfsizligiga rioya etmaslikning ayanchli oqibatlari xususida soʻz yuritildi. Shu bilan bir qatorda, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va betalafot oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomalar berildi.
Tadbir yakunida qatnashchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.