Yangiliklar

11 Fevral 2026

Jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yangicha tashkil etish, jinoyatchilikning oldini olish hamda xavfsiz muhitni taʼminlash yoʻlida izchil ishlar olib borilmoqda

Jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yangicha tashkil etish, jinoyatchilikning oldini olish hamda xavfsiz muhitni taʼminlash yoʻlida izchil ishlar olib borilmoqda

Jumladan, kuni kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo hamda Sirdaryo viloyatlarida oʻtkazilgan targʻibot-tashviqot tadbirlar davomida fuqarolar hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shahslarga mol-mulklar va xonadonlarni ishonchli muhofaza qilish usullari, Qoʻriqlash xizmati tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar hamda xavfsizlikni taʼminlashda qoʻllanilayotgan zamonaviy texnik vositalar haqida atroflicha tushunchalar berildi. Mahallalar hududida xavfsizlik holati oʻrganilib, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida fuqaro xonadonlarini qoʻriqqa olish, koʻp qavatli uylarning kirish joylariga tashvish tugmalarini oʻrnatish ishlari amalga oshirildi.

Kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan, “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarga profilaktika inspektorlari va "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda xizmatni tashkil etish maqsadida, mahallalarga Qoʻriqlash xizmati xodimlari biriktirildi. Fuqarolar tinchligi va mulk daxlsizligini taʼminlashga qaratilgan bunday profilaktik ishlar respublikamiz boʻylab bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.