RESPUBLIKAMIZ BOʻYLAB "XAVFSIZ MAKTAB" TAMOYILI ASOSIDA TAʼLIM MUASSASALARINING XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASHGA QARATILGAN TIZIMLI ISHLAR DAVOM ETMOQDA
Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari bilan hamkorlikda respublikamiz boʻylab "Xavfsiz maktab" tamoyili asosida taʼlim muassasalarining xavfsizligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm va Samarqand viloyatlarida oʻtkazilgan bu kabi tadbirlarda mutaxassislar tomonidan maktablarda xavfsiz muhitni yaratish, oʻquvchilarga nisbatan jismoniy xavf-xatarlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida belgilangan xizmat vazifalaridan kelib chiqib, harakatlanishi lozimligi eslatib oʻtildi. Bunda, asosan, qorovullar tomonidan maktab hududiga begona shaxslarning kiritilmasligi, jamoat tartibini saqlash, favqulodda holat yuz berganda tezkorlik bilan tashvish tugmasi orqali, tuman yoki shahar "Qoʻriqlash" boʻlimlariga xabar berishi, tashvish xabari kelib tushgan "Qoʻriqlash" boʻlimining tezkor harakatlanuvchi guruhining manzilga zudlik bilan yetib borishi, holatni bartaraf etish choralarini koʻrishi toʻgʻrisida ham tushunchalar berildi.
Uchrashuvlar davomida ishtirokchilar texnik qoʻriqlov signalizatsiya vositalari va maxsus vositalar bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma va tushunchalar berilib, ularni maxsus xizmat kiyimi bilan taʼminlash masalalari hal etildi.