Yangiliklar

9 Mart 2024

BAYRAM MUNOSABATI BILAN BIR GURUH OʻQITUVCHILAR EʼTIROF ETILDI

Maʼlumki, mamlakatimizda ustoz va murabbiylarga ehtirom beqiyosdir. Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlinmalari xodimlari ham bir guruh umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga bayram kayfiyati ulashilmoqda.
Jumladan, respublikamizda taʼlim tizimini rivojlantirish, sohada tub islohotlar samarasini oshirish, oʻquv-tarbiya jarayonlariga milliy va ilgʻor xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qoʻshgan munosib hissasi, oʻquvchi va talaba yoshlarga ilm-fan asoslari, zamonaviy kasb-hunarlarni oʻrgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari boʻlgan yetuk va barkamol avlodni shakllantirish yoʻlidagi katta xizmatlari, farzandlarimizni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh oʻqituvchi-murabbiy hamda maktab direktorlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining koʻkrak nishoni va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari sana munosabati bilan Milliy gvardiya rahbariyati tomonidan yoʻllagan bayram tabriklari oʻqib eshittirildi va esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.