Eng ardoqli va qutlugʻ bayram — Vatanimiz Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalarida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi
Xabaringiz bor, 22-23 avgust kunlari mamlakatimiz boʻylab “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkazildi.
Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari ham erta tongdanoq jamoat ishlariga jonbozlik koʻrsatib, jonajon oʻlkani obodonlashtirishda faol ishtirok etib, maʼmuriy binolar atrofini, xizmat xonalarini, koʻchalar va ariqlarni chiqindilardan tozalab, keng koʻlamli koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borgan. Shu bilan birga gullar va daraxtlar ekishga alohida eʼtibor qaratilgan boʻlib, bu nafaqat hududlarning tashqi koʻrinishini, balki qulay ekologik muhitni yaratishga yordam beradi.
Oʻtkazilgan hashar birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan jonajon oʻlkani obodonlashtirishda salmoqli natijalarga erishish mumkinligining yorqin namunasi boʻldi. Bunday tadbirlar millat birligini mustahkamlashga, vatandoshlar oʻrtasida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish va oʻzaro yordam madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.