Yangiliklar

19 Noyabr 2025

18 noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Samarqand viloyati Axborot-kutubxona markazida “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.

18 noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Samarqand viloyati Axborot-kutubxona markazida “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Intellektual oʻyinda Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining filologiya fakulteti talaba yoshlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi.

Toʻrt turda oʻtkazilgan oʻyin mantiqiy va qiziqarli savollardan iborat boʻlib, qizgʻin va bahs-munozaralarga boy boʻldi. Bellashuv davomida jamoalar oʻzlarining intellektual salohiyatlarini namoyish etishdi. Oʻyin yakunida savollardan toʻplangan ballar natijasiga koʻra, Ichki ishlar boshqarmasining “Intellekt” jamoasi 3-oʻrinni, Qoʻriqlash boshqarmasining “Bilimdonlar” jamoasi 2-oʻrinni egalladi. Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasining “Mantiq” jamoasi esa oʻyinda yuqori bal toʻplab birinchi oʻrinni egallab "Zakovat" intellektual oʻyinining mutlaqoq gʻolibiga aylandi.

Tadbir soʻngida gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.