Yangiliklar

21 Oktyabr 2025

Qoʻriqlash Departamentining Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida bataloni shaxsiy tarkibi ishtirokida Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Qoʻriqlash Departamentining Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida bataloni shaxsiy tarkibi ishtirokida Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida oʻtkazilgan mazkur tadbirda Qoʻriqlash departamenti rahbariyati, professor va olimlar hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi. So‘z olganlar til – millat ruhi, davlatimizning ulugʻ timsoli ekanligi, buyuk siymolarni yetishtirgan xalq tili sifatida oʻzbek tilining nufuzi, ahamiyati va qadri nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham tobora ortib borayotganligi taʼkidlandi.

Maʼruzalarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlanganligi, oʻzbek tili mustaqil davlatimizning bayrogʻi, gerbi va madhiyasi qatorida turuvchi, qonun bilan himoya qilinadigan muqaddas ramz ekanligi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, milliy tilimizning qadriga yetish, uni asrab-avaylash, eʼzozlash, goʻzalligi, sofligi va ravnaqi uchun kurashish har bir fuqaroning yuksak insoniy burchi ekanligi qayd etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar ona tiliga boʻlgan muhabbat va sadoqatni amaliy faoliyatda ham namoyon etish, yoshlar oʻrtasida davlat tilini ardoqlash boʻyicha targʻibot ishlarini kuchaytirish zarurligini taʼkidladilar.