9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
Tadbirni "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshligʻi ochib berib, tinchlikni asrash uchun jon fido etgan, oʻz umrini Milliy gvardiya tizimini rivojlantirish, xalq osoyishtaligini asrash, jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻlida baxshida qilgan insonlarni yod etish hozirgi avlod uchun ham qarz ham farz ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻmondonining buyrugʻi oʻqib eshittirilib, bir guruh xodimlarga dastlabki leytenant maxsus unvonlari topshirildi hamda xizmat vazifasini bajarish chogʻida mardlarcha halok boʻlgan marhum xodimlarning oila aʼzolariga buyruq asosida ajratilgan pul mablagʻlari berildi.
Boshqarma binosi hovlisida tashkil etilgan Xotira maydonidagi monumentga gulchambarlar qoʻyilib, oʻtganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Tadbir yakuniga yetgach barcha mehmonlar uchun bir piyola choy ustida bayram dasturxoni tashkil etildi.