Yangiliklar

30 Avgust 2024

Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati tantanali tadbir boʻlib oʻtdi

Bugun Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati shaxsiy tarkib ishtirokida videokonferensaloqa tarzida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik M.J.Gʻaniyev "Qoʻriqlash" tizimlarida jonbozlik koʻrsatayotgan jonkuyar xodimlarni samimiy tabrikladi hamda ularga oʻzining yuksak hurmati va ezgu tilaklarini bildirdi.
Soha ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshib, safdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan bir guruh xodimlarga Milliy gvardiyaning "Namunali xizmatlari uchun", "Milliy gvardiya fidoyi xodimi" koʻkrak nishonlari Qoʻriqlash bosh boshqarmasi faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho sovgʻalar, shuningdek, samarali xizmatlari uchun tashakkurnomalar topshirildi.
Ishtirokchilarda koʻtarinki kayfiyat baxsh etgan marosimda taqdirlanganlar yuksak ishonch va eʼtirofdan mamnun ekanligini, bunday eʼtibordan ruhlanib, tizimda yanada masʼuliyat va shijoat bilan faoliyat yuritishlarini taʼkidladilar.