25 oktabr – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani Qoʻriqlash boʻlimining barcha qulayliklarga ega zamonaviy maʼmuriy binosi foydalanishga topshirildi.
25 oktabr – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani Qoʻriqlash boʻlimining barcha qulayliklarga ega zamonaviy maʼmuriy binosi foydalanishga topshirildi.
Tantanali marosimda viloyat Ichki ishlar hamda Qoʻriqlash boshqarmalari rahbariyatlari, tuman hokimligi, tutash mahallalar faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Soʻzga chiqqanlar foydalanishga topshirilayotgan ushbu maʼmuriy bino shaxsiy tarkib uchun munosib sovgʻa ekanligini taʼkidlab, tantanali marosimga tashrif buyurgan mehmonlarni va saf tortib turgan barcha xodimlarni samimiy muborakbod etdi. Shu bilan birga yangi maʼmuriy binoda shaxsiy tarkib uchun yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida samarali xizmat olib borish, jamoat tartibini saqlash hamda jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlovini saqlashdek sharafli va ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.
Shundan soʻng ramziy tasmalar kesilgach, mehmonlar yangi binolardagi katta va yorugʻ xizmat xonalari, jismoniy va jangovar tayyorgarliklarini oshirib borish uchun tashkil etilgan sport zallari, barcha zaruriy tibbiy vositalar va anjomlar bilan toʻldirilgan tibbiyot va ruhiy yengillik xonalari, merganlik mahoratlarni oshirish uchun elektron oʻq otish xonalari hamda fuqarolarni qabul qilish markazlari bilan yaqindan tanishdilar.
Endilikda ushbu binoda xodimlar kasbiy va jismoniy mahoratlarini oshirib, Qoʻriqlash xizmati sifatini oshirishadi.