Bugun "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi "1 oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan alohida ahamiyatli uchrashuvga mezbonlik qildi. 1990-1991 yillarda Respublika "Qoʻriqlash" birlashmasiga rahbarlik qilgan isteʼfodagi general-mayor Yakubov Adham bilan uchrashuv oʻtkazildi
1-oktabr Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasida tarix, bugun va kelajakni oʻzida mujassam etgan "Uch avlod uchrashuvi" boʻlib oʻtdi.
Xodimlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini kuchaytirishga, Vatanga boʻlgan muhabbatlarini yanada oshirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bayramona kayfiyatda boshlandi.
Mazkur tadbirda Qurolli Kuchlar faxriysi, isteʼfodagi general-mayor Yoqubov Adham Hasanovich ishtirok etib, oʻz hayot yoʻli, xizmat davri, tanlagan kasbi mashaqqati va sharaflari haqida soʻzlab berdi. Shuningdek, amaliy tajribalariga tayangan holda, hozirgi vaqtda yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish borasida maslahatlar berdi.
Uchrashuv qizgʻin suhbatlarga boy boʻlib, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.
Bu kabi tadbirlarning muntazam tashkil etilishi xodimlarni xizmat vazifalarini sharaf va jasorat bilan ado etishga, Vatanimiz tinchligi, aholi mol-mulki va xonadonlarining ishonchli qoʻriqlovini yanada taʼminlashga undamoqda.
Taʼkidlash joizki, ustozdan olingan hayotiy saboq va professional koʻnikmalar barcha tadbir ishtirokchilari uchun faoliyati davomida yoʻriqnoma sifatida as qotishiga ishonamiz.