DARAXT EKISH VA UNI PARVARISHLASH MAJBURIYAT EMAS, QADRIYATDIR!
Avval xabar berganimizdek, "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” doirasida hududlarda koʻchat ekish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari ham ushbu tadbirlarda faol qatnashib, mahallalarda yashil bogʻlar yaratilmoqda. xususan, mamlakatimiz shaharlarini aholiga qulay, ekologik toza va yashash uchun barcha imkoniyatlar mavjud boʻlgan hududga aylantirish maqsadida oʻtkazilayotgan tadbirlar natijasida Ishtixon tumanlararo "Qoʻriqlash" boʻlimim xodimlari tomonidan "Yashil makon" bogʻi yaratilib, 1210 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi, hamda ularning parvarishlari taʼminlanmoqda.