Yangiliklar

13 Fevral 2025

YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIKNI TAʼMINLASH BORASIDAGI TIZIMLI ISHLAR

Fargʻona viloyati IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamkorligida shaxsiy tarkib oʻrtasida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida yoʻl harakati xavfsizligi mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan ochiq muloqotlarda yoʻl harakati qoidalariga yaqinda kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar, harakat davomida diqqat qaratilishi lozim boʻlgan asosiy jihatlar, yoʻl-transport hodisalariga olib keluvchi omillar va ularni bartaraf etish usullari keng muhokama qilindi. Shuningdek, harakat ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida belgilangan tezlikka rioya qilish, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda transport boshqarmaslik, texnik nosozlikka ega vositalardan foydalanmaslik hamda hushyorlikni saqlash kabi muhim masalalarga urgʻu berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarni fikrlashga undaydigan, yoʻl-transport hodisalari oqibatida yuzaga kelgan ogʻir holatlarni aks ettirgan videoroliklar namoyish qilindi. Shuningdek, yigʻilish qatnashchilari tomonidan bildirilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.