YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIKNI TAʼMINLASH BORASIDAGI TIZIMLI ISHLAR
Fargʻona hamda Navoiy viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalari shaxsiy tarkibi oʻrtasida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan hamkorlikda profilaktik tadbir oʻtkazildi.
Ochiq muloqotlar davomida YHXB mutaxassislari tomonidan yoʻl harakati qoidalariga soʻnggi kiritilgan oʻzgarish va qoʻshimchalar, harakat davomida asosiy eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar, yoʻl transport hodisalariga sababchi holatlar va ularni oldini olish borasida belgilangan tezlikni meʼyoridan oshirmaslik, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan xolda hamda texnik nosoz transport vositalarini boshqarmaslik, hushyorlikni taʼminlash borasida gapirib oʻtilib, fikr va mulohaza qilishga undovchi, yoʻl transport hodisalari natijasida yuzaga kelgan ogʻir oqibatlarni oʻzida aks ettirgan videoroliklar namoyish qilindi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilarida tugʻilgan savollarga atroflicha javob berildi.