Yangiliklar

7 Fevral 2024

OLIS HUDUDLARDAGI YOSHLAR UCHUN VATANPARVARLIK TADBIRLARI

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanga muhabbat tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida vatanparvarlik tadbirlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, kuni kecha Qoʻshkoʻpir tumanida Oshoq qalʼa va Tagalak mahallalarida oʻquvchi-yoshlar bilan bir qator madaniy-maʼrifiy hamda sport tadbirlari oʻtkazildi. Shuningdek, kamondan otish, arqon tortish, shu bilan bir qatorda harbiylarning jangovar chiqishlari ham namoyish etildi.
Bu kabi tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad – oʻquvchi-yoshlarni ona yurtiga boʻlgan mehrini, sadoqatini yanada uygʻotish, kelajakda yurtimiz tinchligi va farovonligi uchun oʻz hissalarini qoʻshadigan yetuk vatanparvar oʻgʻil-qizlar boʻlib yetishishlari uchun yoʻnalishlarni berish va oʻrgatishdan iboratdir.