Yangiliklar

18 Iyul 2024

OROMGOHLARDA VATANPARVARLIK, MADANIY-MAʼRIFIY VA SPORT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida joylashgan “Sohil” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi va “Qoʻriqlash” boshqarmasi hamkorligida shu kunlarda yozgi taʼtilni oromgohda oʻtkazayotgan bolalar uchun vatanparvarlik, madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirlar doirasida tashkil etilgan harbiy texnika va aslahalar koʻrgazmasi yoshlarda katta qiziqish uygʻotgan boʻlsa, kamondan oʻq otish, badminton, shaxmat, stol tennisi kabi sport musobaqalari esa tadbirlarga koʻtarinki ruh bagʻishladi. Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy oʻtgan bellashuvlar yakunida esa gʻolib boʻlgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, oʻgʻil-qizlarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini oshirishga ham alohida eʼtibor qaratilgan boʻlib, tadbirlar doirasida turli mashgʻulotlar va treninglar oʻtkazildi.