Yangiliklar

8 Iyul 2024

Oromgohlarda dam olayotgan yoshlarning yozgi taʼtil vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida vatanparvarlik, madaniy-maʼrifiy hamda sport tadbirlari oʻtkazilmoqda

Oromgohlarda dam olayotgan yoshlarning yozgi taʼtil vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning qalbida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuygʻularini yanada oshirish, shuningdek, ularning jismoniy, intellektual, maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga koʻmaklashish maqsadida "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari tomonidan vatanparvarlik, madaniy-maʼrifiy hamda sport tadbirlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, kuni kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirlar doirasida harbiy texnika va aslahalar koʻrgazmasi yoshlarda katta qiziqish uygʻotgan boʻlsa, kamondan oʻq otish, badminton, shaxmat, stol tennisi kabi sport musobaqalari esa tadbirlarga koʻtarinki ruh bagʻishlamoqda. Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy oʻtayotgan bellashuvlar yakunida esa gʻolib boʻlgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanmoqda.
Bundan tashqari, oʻgʻil-qizlarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini oshirishga ham alohida eʼtibor qaratilgan boʻlib, tadbirlar doirasida turli mashgʻulotlar va treninglar oʻtkazilmoqda.