SAFDOSHLARIMIZ XOTIRASI QALBLARDA MANGU!
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarida samarali faoliyat olib borib, xizmat davrida vafot etgan xodimlar, shuningdek sohada uzoq yillar namunali xizmat qilgan nafaqadagi faxriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi. Tashrif chogʻida xodimlar oila aʼzolari bilan suhbat qurishib, halok boʻlgan safdoshlarni xotirasi yana bir bor yodga olindi.
Darhaqiqat, mashaqqatli va sharafli xizmatlar bilan yurtimizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi mardonavor kurashgan safdoshlarimizning xotirasi qalblarimizda mangu barhayot. Ulardagi vatanparvarlik tuygʻulari bizda xam sharaf xam gʻurur tuygʻularini uygʻotadi desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.