Yangiliklar

5 May 2023

“O‘ZINGGA ISHON” MAVZUSIDA TRENINGLAR BO‘LIB O‘TDI

Andijon viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi hamda Andijon shahridagi Prezident maktabi amaliyotchi psixologlari bilan hamkorlikda yoshlar uchun “O‘zingga ishon” mavzusida psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Maktab o‘quvchilarda o‘zida bo‘lgan ishonchni shakllantirish, psixologik salomatlikka erishish, hissiy barqarorlikni shakllantirish, hamda ruhan kuchli irodali shaxs tarbiyalash, ishonch kuchi hayotimizda muhim o‘rinda ekanligi haqida psixologlar tomonidan kuchli iroda sohibi bo‘lishlari uchun bilim va ko‘nikmalar berildi.
Tadbirni ikkinchi qismida ruhiy dam berish uchun amaliy o‘yin tarzidagi mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

O‘zaro hamkorlikdagi natija mashg‘ulotlar o‘quvchilarda ruhiy ko‘tarinki kayfiyat berib, o‘quvchilarni yanada bilim olishlariga yordam ko‘mak beradi.