Yangiliklar

10 Noyabr 2023

OʻZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI KUNI NISHONLANDI

Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami nishonlandi. Tadbirda Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari polkovnik A.Eshqobulov hamda Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi raisi A.Suyarqulovlar soʻzga chiqib, bugungi kunda kasaba uyushmasi faoliyati fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini qonuniy asoslariga mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilayotgani eʼtirof etildi.

Shu bilan birga "Qoʻriqlash" xizmati xodimlari va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularni ishdan boʻsh vaqtlarda dam olishlari, kam taʼminlangan oilalarni moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlab kelinayotganligi alohida taʼkidlandi hamda soha xodimlari kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etildi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Toshkent shahar Shayxontohur tumani "Qoʻriqlash" boʻlimida xodimlar oʻrtasida sportning mini-futbol hamda ayollar oʻrtasida stol tennis boʻyicha boʻlib oʻtgan Kasaba uyushmasi kubogi musobaqasi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Bayram tadbiri Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi ansamblining xushovoz xonandalari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.