Yangiliklar

26 Fevral 2024

KAMONDAN OTISH BOʻYICHA MILLIY TERMA JAMOAMIZ AʼZOLARI OSIYO KUBOGINING BIRINCHI BOSQICHIDA SOVRIN OʻRINLARNI EGALLASHDI

Oldin xabar berganimizdek, joriy yilning 21-25 fevral kunlari Bagʻdod shahrida (Iroq) kamondan otish boʻyicha Osiyo kubogining birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi.
Kamondan otish milliy terma jamoamiz vakillari ushbu nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni egallashdi.
Osiyo kubogining birinchi bosqichining yakuniy natijalariga koʻra:
1. Abdusattorova Ziyodaxon, Xamroyeva Nilufar va Nurmanova Jasmina ayollar oʻrtasida jamoa birinchiligi yoʻnalishi boʻyicha 2 oʻrinni egallashdi;
2. Sadikov Amirxon, Chen Yao Yuy va Abdulxamidov Shoxjaxon erkaklar oʻrtasida jamoa birinchiligi yoʻnalishi boʻyicha 3 oʻrinni egallashdi;
3. Abdusattorova Ziyodaxon va Sadikov Amirxon MIX yoʻnalishida 3 oʻrin uchun egallashdi;
4. Xamroyeva Nilufar yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 3 oʻrinni qoʻlga kiritdi, uning raqibi Abdusattorova Ziyodaxon 4 oʻrinni egalladi;
5. Sadikov Amirxon yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 3 oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Merganlarimizni ushbu xalqaro musobaqadagi katta gʻalaba bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!