Milliy gvardiya Buxoro viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan maktab qorovullari orasida profilaktik tadbir oʻtkazildi
Dastlab, maktablarda faoliyat olib borayotgan qorovul shaxsiy tarkibi bilan yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan ishlar muhokama qilindi.
Qorovullarga xizmat intizomiga hamda qonunchilikka rioya qilish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala boʻlish, xizmat vazifasini bajarishda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik, xizmatga taalluqli boʻlmagan ishlarga aralashmaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Maktab hududida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda oʻquvchi va oʻqituvchilarning xavfsizligini taʼminlash, tashvish tugmalaridan foydalanish haqida tushunchalar berildi.
Tadbir soʻngida ishtirokchilar savollariga atroflicha javob berildi.