Yangiliklar

18 Avgust 2024

"Qoʻriqlash" boshqarmasiga yangi nomzodlar ishga qabul qilindi

Yoshlarni ish bilan taʼminlash, "Qoʻriqlash" xizmatiga malakali yosh nomzodlarni ishga saralab olish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasidagi harbiylashtirilgan soqchilik boʻlinmalaridagi boʻsh ish oʻrinlariga yangi nomzodlar qabul qilindi. 7 kun davom etgan tanlovda nomzodlar boʻy oʻlchash, sport hamda oʻrta va oʻrta-maxsus taʼlimdagi olgan bilimlari boʻyicha sinovlardan saralanib olindi. Kuni kecha mazkur tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar va ularning ota-onalari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda boshqarma boshligʻi oʻrinbosari hamda shaxsiy xavfsizlik boʻlimi xodimlari tomonidan korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishlari xususida toʻxtalib oʻtildi. Yigʻilish yakunida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga masʼullar tomonidan atroflicha javob oldilar.