“O‘TMISHSIZ KELAJAK YO‘Q” SHIORI OSTIDA MUZEYLARGA TASHRIF UYUSHTIRILDI
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Harbiy kasbga qiziqtirish maqsadida kuni kecha Toshkent viloyati Qibray tumani "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlar tomonidan tumanidagi 20-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Mutaxassislar o‘quvchilarga muzey zallarida saqlanayotgan eksponatlar tarixi haqida ma’lumotlar berishib, Qurolli kuchlarining shonli tarixi va zamonaviy harbiy san’at haqidagi ertamiz egalarining bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.