O‘TGAN BESH OYLIK MUHOKAMALAR MARKAZIDA BO‘LDI
Kuni kecha Qashqadaryo viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi, Qarshi harbiy prokuraturasi mas’ullari tomonidan shaxsiy tarkib ishtirokida joriy yil besh oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, xizmatda qonuniylikni mustahkamlash va intizom holatlari kuchaytirish maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda "Qo‘riqlash" xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar o‘rtasida hamkorlik, shuningdek, xodimlarning xizmat intizomini mustahkamlash, Tinchlik posbonlarining muammolarini o‘rganish hamda qonunchilikdagi o‘zgarish va yangiliklardan ularni o‘z vaqtida xabardor qilish maqsadida so‘ngi yangiliklar yetkazildi.
Xodimlar xizmat sifatini yanada oshirish, ijrochilik intizomi, shaxsiy xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishlari bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.