Yangiliklar

8 Iyul 2023

ORZULARI BO‘Y CHO‘ZAYOTGAN KICHKINTOYLAR UCHUN QIZIQARLI TOMOSHALAR HAMDA SPORT MUSOBAQALARI TASHKIL ETILDI

"Umid yulduzlari" yozgi sport-sog‘lomlashtirish oromgohi ikkinchi mavsum uchun ham yuz nafardan ortiq dam oluvchi bolajonlar uchun o‘z eshiklarini ochgan. Poytaxtimizning Yangi Hayot tumanida joylashgan ushbu dam olish maskanida kuni kecha tuman "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlari tomonidan ajoyib ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazildi.

Kichkintoylar uchun o‘zlari sahnalashtirgan qo‘g‘irchoq teatridan namunalar, qo‘l mehnati buyumlari ko‘rgazmasi, umidli sportchilar uchun mashg‘ulotlar hamda turli sport yo‘nalishlarida musobaqalar tashkil etildi.

"Quvnoq startlar" musobaqasi esa ko‘tarinki kayfiyatda, jamoaviy bahslar tarzida bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari yigit-qizlar olqishiga sazovor bo‘ldi.