Yangiliklar

20 Sentyabr 2024

“Men Vatanparvarman” shiori ostida vatanparvarlik hamda koʻngilochar tadbirlari oʻtkazilmoqda

Taʼlim muassasalarida, ayniqsa chekka hududlarda joylashgan maktablarda oʻquvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash hamda Qurolli Kuchlarimizga nisbatan yanada qiziqishlarini oshirish maqsadida “Men Vatanparvarman” shiori ostida vatanparvarlik hamda koʻngilochar tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Jumladan, kuni kecha Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi, "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Andijon tumanining 35 sonli maktabi, shuningdek viloyatdagi 1 sonli ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari ishtirokida tashkil etilgan mazkur tadbirlar davomida oʻquvchilar uchun jasorat darslari, xodimlarning harbiy chiqishlar hamda qurol-aslaha koʻrgazmalari oʻtkazilib, bolalar zamonaviy texnikalar turlari bilan yaqindan tanishtirildi. Harbiy orkestr tomonidan chalingan kuy-qoʻshiqlar esa oʻquvchilarda iliq taassurot qoldirdi.