"Bolajonlar bizning dunyoyimiz" shiori ostida qator tadbirlar davom etmoqda
Dunyoda hech bir narsa bolajonlar quvonchidek insonlarga yuqori kayfiyat ulasholmaydi. Oʻzbek xalqi azal-azaldan bolajon xalq ekanligi tariximizdan maʼlum.
Bayram munosabati bilan Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda xodimlarning farzandlari uchun bir qator koʻngilochar dasturlar tashkil etilmoqda.
Mazkur tadbirlarda harbiy xizmatchilar tomonidan qoʻl jangi chiqishlari va kuy-qoʻshiqlar ijro etilib, bolajonlar oʻrtasida yosh rassom koʻrik tanlovlari, sport musobaqalari hamda teatrlar jamoalari tomonidan spektakl namoyishlari oʻtkazilmoqda.
Qizgʻin va quvnoq dasturlar bolajonlarning intellektual qobiliyatlarini yana bir karra oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, istirohat bogʻlariga sayohatlar tashkil etilib, yoshlaring maroqli dam olishlari taʼminlanmoqda.
Bayram arafasidagi bu kabi tadbirlar respublikamiz boʻylab davom etmoqda.