Yangiliklar

21 Iyun 2024

HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN PROFILAKTIK TADBIRLAR OʻTKAZILMOQDA

Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati, Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi hamda Samarqand harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, ular qalbida shukronalik tuygʻularini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.
Shahar va tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlari bilan videoselektor tarzida tashkil etilgan huquqbuzarliklar profilaktikasi doirasidagi navbatdagi tadbirning dastavvalida kun tartibidagi asosiy masalalar yuzasidan masʼullar soʻzga chiqib soʻzga chiqib, bugungi kunda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida soʻz yuritdi. Shuningdek, xizmat intizomini mustahkamlash boʻyicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar haqida alohida toʻxtalib, xodimlarga yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni saqlash oliy burchimiz ekanligi taʼkidlandi.