TINGLOVCHILARNING MUZEYGA TASHRIFI
Milliy gvardiyaning Mintaqaviy oʻquv markazlarida tahsil olayotgan tinglovchilarining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, Vatanga sadoqat va vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirish maqsadida maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.
Jumladan, kuni kecha Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilari uchun Nukus shahridagi I.V.Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyiga sayohat tashkil etildi. Tadbir davomida tinglovchilar muzeydagi eksponatlarni tomosha qilib, taniqli rassomlarning, milliy hunarmandchilik namunalarining tarixi haqida koʻpgina maʼlumotlarga ega boʻlib, mazmunli hordiq chiqarishdi.
Shuningdek, Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy oʻquv markazida xizmat qilib kelayotgan muddatli harbiy xizmatchilarning tarixga oid bilimlarini yanada boyitish, ajdodlarning boy merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi. Xodimlar muzeyda joylashgan turli xil eksponatlar bilan tanishib chiqdi hamda xalqimizning boy madaniy tarixi haqida koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlishdilar.
Taʼkidlash joizki, bunday tadbirlar xodimlarga milliy oʻzlikni anglash, buyuk tariximizni chuqurroq oʻrganishlariga turtki boʻladi.