XAYR-SAXOVAT TADBIRLARI TASHKIL ETILMOQDA
Bayram kunlari muhtojlar holidan xabar olish, ularning ogʻirini yengil qilish va dardiga malham boʻlish xalqimizga xos eng ezgu fazilatlardan biridir. Bejizga Qurbon hayiti mehr-muruvvat, xayr-saxovat va ezgu amallar bayrami deyilmaydi. Shuning uchun ham ayni bayram arafasida Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan tizimda koʻp yillar samarali ishlagan, xizmat vaqtidan sogʻligi tufayli nafaqaga chiqqan, Hozirda nafaqa gashtini surayotgan xodimlar, shu bilan bir qatorda ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarning oila aʼzolari xolidan xabar olindi.
Rahbariyat tomonidan oilalarga tashrif buyurilganda, ularning yashash sharoiti hamda moddiy ahvoli oʻrganilib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bunday ezgulikka yoʻgʻrilgan xayriya tadbirlari jamiyatimizda mehr-oqibat, odamiylik, ezgulik kabi fazilatlarni yanada kuchaytirishi bilan birga barchani xayrli savob ishlar sari undaydi, albatta.