Navbatdagi sayyor qabul va mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat Harbiy prokuraturasi hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati hamda bir qator davlat tashkilotlari hamkorligida harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etishga qaratilgan sayyor qabul va mehnat yarmarkasi oʻtkazildi. Tadbir Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi qoshidagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda xodimlarning oila aʼzolarini ish bilan taʼminlash, ularning ijtimoiy muammolarini eshitish, farzandlarni MTM va taʼlim muassasalariga joylashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, mehnat yarmarkasi orqali harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolari uchun mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumotlar taqdim etilib, ularning ishga joylashuvi uchun zarur koʻmak koʻrsatildi.
Tadbir ishtirokchilari davlat, jamoat tashkilotlarining birgalikda harakat qilishi orqali harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolari uchun yanada keng imkoniyatlar yaratilishini taʼkidlashdi. Bunday tashabbuslar harbiy xizmatchilarning ijtimoiy farovonligini oshirishga, ularning kundalik turmushdagi muammolarini yengillatishga qaratildi.