JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH HAMDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BOʻYICHA UCHRASHUVLAR OʻTKAZILDI
Shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, qonun buzilishi holatlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, turli xildagi koʻngilsiz holatlar sodir etilishining oldini olish borasidagi ishlar hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Sirdaryo, Fargʻona va Namangan viloyatlarida oʻtkazilgan bu kabi tadbirlarda Harbiy prokuratura, IIB YHXB hamda FVB vakillari ham ishtirok etib, harbiy intizom va huquq tartibotini mustahkamlash, shaxsiy tarkibni hayotini va sogʻligini asrash, yoʻl-transport hodisalari hamda qonun buzilishi holatlarini oldini olish har bir kishining vazifasi ekanligi taʼkidlandi. Bundan tashqari, tavakkalchilikka asoslangan onlayn qimor oʻyinlari, spirtli ichimlarga ruju qoʻyish va shaxsiy va xizmat avtotransport vositalarini boshqarishda harakat xavfsizligiga rioya etmaslikning ayanchli oqibatlari xususida soʻz yuritildi. Shu bilan bir qatorda, xodimlar tomonidan xizmat davomida qoʻl urilayotgan jinoyatchilik holatlari yuzasidan tanqidiy muhokamalar oʻtkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar kuz qish mavsumida is gazidan zaharlanishlardan saqlanish kabi masalalar haqida kerakli maʼlumotlarni olishdi.
Yakunda qatnashchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.