Yangiliklar

11 Sentyabr 2024

Yoshlar uchun harbiy-vatanparvarlik va madaniy-maʼrifiy ruhdagi tadbirlar, shuningdek, sport bellashuvlari tashkil etildi

Yurtimiz kelajagi boʻlmish har bir yoshning hayotda munosib oʻrin egallashi va ularning vatanga muhabbat hamda sadoqatini mustahkamlash ayni vaqtda jamiyat va davlatning doimiy eʼtiboridagi ustuvor vazifa hisoblanadi. Toshkent hamda Sirdaryo viloyatlarida Milliy gvardiya hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik va madaniy-maʼrifiy ruhdagi tadbirlar, shuningdek, sport bellashuvlari tashkil etildi.
Tadbirlarda kuch tuzilmalaridagi faxriylar bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan eʼtibor haqida soʻz yuritdilar. Shundan soʻng isteʼdodli yoshlar tomonidan vatanni madh etuvchi kuy qoʻshiqlar yangradi.
Xizmat itlarining chiqishi yoshlarda oʻzgacha taassurotlar qoldirdi. Shuningdek, tadbirlar davomida oʻquvchilar harbiy xizmatchi va xodimlar xizmat vaqtida foydalanadigan anjom-aslahalar va maxsus vositalar hamda texnikalar koʻrgazmasi bilan yaqindan tanishishdi.
Yoshlarda oʻzgacha qiziqish uygʻotgan jihat sportning kamondan otish turi boʻyicha oʻtkazilgan mahorat darslari boʻldi. Bu yerda yoshlar ushbu sport turining oʻziga xos jihatlari bilan tanishish asnosida oʻzlarining merganlik mahoratlari ham sinab koʻrish imkoniyatiga ega boʻlishdi.