“Shaxs psixologiyasining dolzarb masalalari” mavzusida uquv-seminar hamda trening mashgʻulotlari oʻtkazildi
Toshkent hamda Jizzax viloyatlari Qoʻriqlash boshqarmalari psixologlari tomonidan shaxsiy tarkibning ruhiy barqarorligini taʼminlash, kasbiy zoʻriqishlarni oldini olish va bu orqali xizmat sifatini yaxshilash maqsadida uquv-seminar hamda trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Tadbir davomida psixologlar tomonidan “Shaxs psixologiyasining dolzarb masalalari” mavzusida mashgʻulotlar tashkil qilinib xodimlarning kasbiy faoliyati davomida uchrashi mumkin boʻlgan ruhiy zoʻriqish holatlari va ularni psixologik texnologiyalar orqali bartaraf etish usullari oʻrgatildi.
Oʻtkazilgan oʻquv-seminar va trening mashgʻulotlari shaxsiy tarkib ruhiy salomatligini mustahkamlashga va kelgusida xizmat samaradorligini oshirishga, xizmat jarayonilarida, shuningdek xodimlarning shaxsiy hayotlarida ruhiy barqarorliklarini taʼminlashga, xizmat jamoalarida iliq psixologik muxitni shakllantirishga xizmat qiladi.