"Obyektlarni qoʻriqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qoʻllash istiqbollari" mavzusida nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi
Toshkent mintaqaviy oʻquv markazida "Obyektlarni qoʻriqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qoʻllash istiqbollari" mavzusida nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Unda IIV huzuridagi Qoʻriqlash departamentining Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarmasi xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar vakillari ishtirok etdi.
Kuch tuzilmalarining malakali mutaxassislari va Turin politexnika universitetining tajribali ustozlari tomonidan olib borilgan mashgʻulotlarda ishtirokchilar uchuvchisiz uchish apparatlarining zamonaviy imkoniyatlari haqida keng bilimga ega boʻldi.
Mutaxassislar ushbu texnikaning qoʻllanilish sohalari, funksional xususiyatlari va afzalliklari, shuningdek, obyektlarni muhofaza qilish tizimida undan foydalanish orqali erishiladigan natijalar haqida batafsil maʼlumot berishdi.
Uchuvchisiz uchish apparatlari bilan ishlashning amaliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi, bu esa ishtirokchilarga olingan nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash imkonini berdi.