Yangiliklar

29 May 2024

BOKS VA QOʻL TOʻPI SPORT TURLARI BOʻYICHA MUSOBAQA OʻTKAZILDI

Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda Sport boshqarmasi bilan hamkorlikda maktab oʻquvchilarining taʼtil kunlarini maroqli oʻtkazish maqsadida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xususan, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Yangiqoʻrgʻon tumani “Yosh gvardiyachilar” sport maktabida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida boks va qoʻl toʻpi sport turlari boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan musobaqa murosasiz va qiziqarli bahslarga boy boʻldi. Musobaqa davomida ishtirokchilar oʻzaro kuch sinashish bilan birga tajriba almashish va yangi doʻstlar orttirish imkoniga ega boʻldilar. Musobaqa soʻngida kuchlilar munosib taqdirlandilar.