Yangiliklar

29 Avgust 2024

XODIMLARNING JANGOVAR, KASBIY VA RUHIY TAYYORGARLIKLARINI MUSTAHKAMLASH MAQSADIDA PSIXOLOGIK TRENING MASHGʻULOTLARI OʻTKAZILDI

Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda ish unumdorligini oshirish, xizmat samaradorligini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga tezkorlik bilan javob berish "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi tizimi xodimlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu natijalarga erishishda esa inson psixologiyasi muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Shu munosabat bilan Milliy gvardiya Xorazm viloyati “Qoʻriqlash” boshqarmasi mutaxassis psixologlari tomonidan xodimlarni oʻziga boʻlgan ishonch hissini oshirish, oʻzaro jamoa boʻlib birgalikda kelib chiqishi mumkin boʻlgan muammolarni bartaraf etishni psixologik uslublari, fuqarolar bilan munosabatga kirishganda ahamiyat qaratish kerak boʻlgan jihatlar hamda “Xodimlar orasida ruhiy-emotsional stress holatlarining profilaktikasi, jamoaviylikni shakllantirish mexanizmlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Shuningdek, “Xayr stress”, “Qum terapiyasi” mashqlari orqali psixologik trening mashgʻulotlari xam oʻtkazildi.